Masjidda eyish, ichish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Biz masjidga shom namozini o‘qish uchun borganimizda iftorlik vaqti to‘g‘ri kelgani uchun o‘zimiz bilan suv yoki hurmo olib boramiz. Masjidda og‘iz ochsa bo‘ladimi yoki masjidda eyish ichish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid ibodat va zikr qilinadigan joydir. Umumiy holatda masjidda eb-ichish, uxlash makruhdir. Ramazon oylarida jamoatga sherik bo‘lib, masjidda shom namozini o‘quvchilar iftorlikni masjid ichida qilsalar bo‘ladi. Lekin ikki narsani rioyasini qilish kerak.
1). Kirishdan avval Imom Muhammad rohmatullohi alayhning “masjidga biroz muddat e’tikof niyatida kirishlik ham e’tikof o‘rniga o‘tadi”, degan so‘zlariga binoan “masjiddan chiqqunimcha nafl e’tikofni niyat qildim”, deb  niyat qilishi, zero e’tikofdagi kishi uchun masjidda eb-ichishga barcha ulamolar ijozat berganlar. (Masjid ichida suv ichmoqchi bo‘lganlar avval nafl e’tikofni niyat qilsalar ibodat joyida makruh ishni qilishdan saqlangan bo‘ladilar, qolaversa, nafl e’tikofning savobiga ega bo‘ladilar);
2). Masjidni pokiza saqlashlik;
 Alloma Zafar Ahmad Usmoniy rohmatullohi alayh Mulla Aliy Qoriyning “Mirqotul Mafotih” kitobidan “Masjidda eb-ichish makruh, lekin iftorlik bundan mustasnodir”, degan so‘zlarini masjidda iftorlik qilish mumkinligiga dalil qilib keltirganlar. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:07 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar