O‘tgan otam uchun

Assalomu alaykum! Allohning rahmat yog‘ilsin sizlarga. Mani savolim shuki marxum otam uchun qanday amallar qilsam ko‘proq savob boradi va qanday amallar qilsam ruxlari mandan xursand bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qo‘lingizdan kelganicha ortidan sadaqotlar qilib, ruhiga bag‘ishlanglar. Ko‘p, to‘q odamlarni chaqirib ehson qilishni hojati yo‘q. Ozroq bo‘lsada holis niyat bilan muhtojini topib, imkon qadar “duo qiling” ham demasdan infoq qilib turinglar va har kuni ertalabda va kechda “Robbirhamhumaa kamaa robbayaanii sog‘iiroo” duosini o‘qib turinglar.  Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 16:56 | Savol-javoblar | 142 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar