Aliment puli

Assalomu alaykum! Farzandim onasi bilan aloxida yashaydi, uning ta’minotini to‘layman desam xam, menga jabr qilish uchun sudga alimentga bergan. Savolim aliment pullarini xammasini farzandimga ishlatsa roziman, lekin ayol farzand ta’minotiga berilgan pulni o‘zi yoki boshqalar extiyoji uchun ishlatsa xalol bo‘ladimi? Men o‘zi boshqalarga ishlatishiga rozi bo‘lmasam.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bolaning nafaqasi uchun berilgan pulni bola uchun ishlatishi shart. Boshqa narsalarga ishlatilsa haqqi zoe bo‘ladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:08 | Savol-javoblar | 150 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar