Savdo turi

Assalomu alaykum! Men Xorazm viloyatida savdo do‘konida ishlayman bizda maiyshiy texnika tovarlari bor shuni sotamiz. Xozirda Toshkent viloyatidan bir tadbirkor bizga shunday taklif beryapti. Oluvchi tovarga olishga puli yo‘q bo‘lsa unga bizni taklifimizni bering oylik tushib turgan plastik kartasini biz rasmini jo‘nating unga qancha miqdorgacha tovar olishini aytamiz. Masalan bizdagi 5.000.000 tovarni bizga pulini utirib beradi. Biz oluvchiga tovarni berib yuboramiz u esa o‘zi oluvchidan plastik kartasidan kelishilgan oygacha bo‘lib 7.000.000 qilib oladi. Shu bizga xalolmi? Qanday qilsak to‘g‘ri bo‘ladi? Toshkentdagi pul berib pulini ko‘p qilib olishi riboga o‘xshatyapmiz ammo bu taqsit yoki murabaxa savdosiga kiradimi? Pul beruvchi bizning xodimimizga savdodan malum bir foiz to‘lab tursa. Uning ishchisi sifatida bizdan olib o‘ziniki qilib keyin sotsa to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vakil orqali sizlardan mol sotib olib, so‘ngra o‘sha vakil orqali sotsa joiz. To‘lovni kechiktirganligi uchun jarima to‘lashni shart qilsa joiz emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar