iltimos javob berib yul kursatin!!

assalomu alykum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari. meni sizga olilaviy muammolarga oid savolim bor edi. qisqasi mening ota onam ajrashishgan. oralarida nima bulganidan behabrmiz. onam uzoq vaqt chet elda yashagani bois ota onam orasidagi munosabatlardan behabarmiz. hozirda men onam bn chet elda yashayman. onamni kuynida otamga nisbatan judaa nafrat hisi bor. mening un sanlar otangdan qasos olishlarin kk, uni uylatirishlarin kk, u sanlaga hechnarsa qilib bermagan, namoz urgatgan bulsa nima qilibdi. namozni u urgatmasa ham sanla uzlarin urganvovurardilarin. agar sanla oteni yuzini erga qaratib uyaltirib mandan kechirim suratmasalarin man sanladan rozi bumiman, i sanla mani hafa qilganlaring un hor bulasanla hali didila. lekin man ota onam orasida bittasini tanlolmayman. otamni yuzini erga qaratishga asosim yuq. otam namoz uqidigan bizni ham hidoyat yuliga boshlagan inosondir. onam bn esa 16yoshimdagina yashshni boshladim. 4yildirki har kuni janjal. uzimni ushlolmayman bazi nohaqliklarga va onamga haqiqatni gapiraman va ular hafa buladilar. yul kursating nima qilay. onam namoz uqimidila hudo bitta hamma uzicha ishonadi. hindlar, xristiyanlar hammasi uzicha ishonadi didila.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Onangiz nohaq ekanligida shubha yo‘q. Siz va otangiz haqdasizlar. Onangizni hurmat qilavering. Uning shariatga xilof gaplariga amal qilmang. Allohdan onangizga insof va hidoyat so‘rab duo qiling. Uning gaplarini ko‘nglingizga olmang.

27 May 2022, 05:42 | Savol-javoblar | 169 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar