Polar bear shopping

Assalomu alaykum! Hozir rossiyada ommalashayotgan Polar bear shopping prilojeniyasiga juda ko‘p yurtdoshlarimiz pul tikishmoqda. Misol uchun 100 ming pul solsangiz ikki yarim foiz xar kuni pulingizga qo‘shiladi keyingi kuni o‘sha qo‘shilgan foizga xam qo‘shilib yana qo‘shilaveradi men bu ribo desam ular yo‘q bu investitsiya deyishyapti investitsiya riboga kirmaydi deyishib. Prilojeniya kunlik vazifa beradi ellikta reklamani ustiga bosib quyasiz bo‘ldi shunga ikki yarim foiz xar kuni qo‘shilaveradi. Bu riboga kiradimi yoki yo‘q shuni iltimos javobini yozsangizlar bu ishni qilayotganlar ko‘pi sizlarni kanalingizni kuzatib borishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizga ma’lum bo‘lishicha ularning faoliyati firibgarlikdan boshqa narsa emas. Ular hech qanday investitsion faoliyat bilan shug‘ullanishmaydi. Ularga pul qo‘yib ziyodasi bilan qaytarib olish ribodir. Vallohu a’lam!

27 Oktabr 2022, 16:00 | Savol-javoblar | 250 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar