Dafn joyi xakida

Assalomu alaykum! Yoshim 40 da. 2 ta ukam bor. Xammamiz toshkentda istikomat kilamiz. Otam 63 yoshdalar ular xorazm viloyatida tug‘ilganlar. Yoshliklarida toshkentga talaba bo‘lib kelib onamga uylanib toshkentda qolib ketganlar. Yoshligimda xorazmga otamni otalarini qabrini ziyorat qilgani borganimizda otam meni shu erga ko‘masizlar deganlari esimda, xammamiz toshkentda yashaymiz xorazmga kamdan kam boramiz. Otam olamdan o‘tsalar toshkentga dafn qilsak bo‘ladimi yoki aytganlarini qilishimiz kerakmi? Chunki biz doimo toshkendamiz. Xorazmga borishga doim imkonimiz bo‘lmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kishi qaerda vafot etsa o‘sha erga ko‘milishi lozim. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 16:58 | Savol-javoblar | 137 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar