Sunnat va vitr namozlari

Assalomu alaykum! Ayrim manbalarda ayollar sunnat va vitr namozining uchinchi va to‘rtinchi rakatida xam zam sura o‘qishlari kerak deb yozilgan. Ayrimlarida esa aksincha faqat birinchi va ikkinchi rakatlarda o‘qiladi xolos deyilgan. Aytingchi biz qanday yo‘l tutishimiz kerak? 2). Agar men avvallari faqat birinchi va ikkinchi rakatda zam sura o‘qigan bo‘lsam sunnatni to‘liq ado qilmagan bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sunnat va vitrning hamma rak’atlarida zam sura o‘qiladi. O‘qimagan bo‘lsangiz katta nuqson bilan zimmangizdan ado bo‘lgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar