Umar roziyallohu anhuning gaplari

Assalomu alaykum! Ustozlar Umar roziyallohu anhuning "Alloh bermaydiganini hayol qildirmas" degan ma’nodagi gaplari bormi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi va shunga o‘xshash juda ko‘p hadislar bor. Ularning barchasi Alloh bandasiga yaxshilikni iroda qilsa unga olib boradigan sabablarni ham to‘g‘rilab qo‘yadi. Bandaga o‘sha narsalarni ixtiyor qilish yoki qilmaslik qoladi. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا أَرَادَ اللهُ بِعَبْدٍ خَيْرًا اسْتَعْمَلَهُ، فَقِيلَ: كَيْفَ يَسْتَعْمِلُهُ؟ قَالَ: يُوَفِّقُهُ لِعَمَلٍ صَالِحٍ قَبْلَ الْمَوْتِ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ فِي الْقَدَرِ بِسَنَدَيْنِ صَحِيحَيْنِ  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon Alloh bir bandaga yaxshilikni iroda qilsa, uni amalga solib qo‘yadi», dedilar.
«Qanday qilib amalga soladi?» deyildi.
«O‘limdan oldin solih amalga muvaffaq qiladi», dedilar».
Termiziy «Qadar»da sahih sanadlar ila rivoyat qilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:37 | Savol-javoblar | 146 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar