Namozda nafas etishmay qolish

Assalomu alaykum! Namozda biror bir so‘zni nafas etishmay talaffuz qilolmasa namoz buzilib qayta boshlash kerakmi yoki sajdai saxf qilsa kifoyami. 2. Sajdai saxfda elkaga salom beriladi shu salom berishda adashib Alloxumma deb kuydim esimga tushib to‘xtab keyin salom berib sajdai saxfni davom ettirdim va namozni tugatdim namozim durustmi bo‘ldimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Namozda nafas etmay qolgani tufayli biror lafzni talaffuz qila olmay qolsa namoz buzilmaydi. Sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Qayta nafas olib davom etaveradi.2). Durust bo‘lgan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar