Bilmasdan xarom eyish

Assalomu alaykum! Yoshim 35 ga kirgan bo‘lsa ham juda kech Allohni tanib ibodadga kirganman. O‘zim juda afsuslanaman. Bilasiz biz o‘sgan vaqtlarda din unchali keng tarqamagan edi O‘zbekistonda. Shu ayni Allohni taniydigon yoshda ota-onalarimiz na karindosh va na tanishlar bizga bu xarom bu xalol deb o‘rgatmagan. Dadam dindan ancha yiroqdagi inson, shunga ustimdan kulibmi yoki jaxl bilanmi oldinlari rosa cho‘chqa go‘shtini egansanku, kalbasalar ob kelardim xammasida cho‘chqa bo‘lardi, kasal bo‘lganinda it go‘shtini xam egizganman egansanku dedilar. Bitta menmas onam va ukalarim xam shundey yashashgan. Bizga xunik qib aytganda o‘zimiz bilmagan xolda xarom egizishgan. Endi bir gap eshitib qoldim, umrida bir marta bo‘sayam cho‘chqa yoki xarom narsa egan odam jannatiy bo‘lsa xam avval do‘zaxga tushib, o‘sha egan xarom narsasi eritilib kiyn jannatga tushadi, chunki jannatga xarom narsa kirmidi deyilgan. Shu narsa o‘zi aqli bilan tushunmey eb qo‘ygan odamga xam aytilganmi? Axir agar bizga yoshligimizdan xarom ema bo‘masam o‘tda yonasan diyishganda emas edik o‘sha xarom narsalarni. Yoki spirtli ichimliklarni, kimdur bizga shuni qima deb Allohni tanitganda balkim qimas edik. Men lekin birinchi bo‘lib shu birodar do‘stim Allohni tanitishi bilan xamma xarom ishlarni tashladim mana 5 yil bo‘ldi Alxamdulillax. Shuni ota onamiz yoshligimizdan o‘rgatganda balkim qimas edik demoqchiman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bilmay haromni eb qo‘ygan bo‘lsa bu va’id ostiga tushmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar