Bu nazrmi?

Assalomu alaykum! Qadrli Ustozlar, o‘zimni-o‘zim boshqarish uchun anchadan beri mana bunday usulni o‘ylab topib olganman. Agar ko‘z zinosi qilsam (atiydan), uch kun ichida 10 ming sadaqa qilaman(deb nazr qilib olganman). Agar shu muddat ichida buni qilmasam, nazrimning kafforatini to‘lashim kerak bo‘ladi. (Sodda qilib aytiladigan bo‘lsa, misol uchun: «Men shu olmani emayman. Esam, 10 ming sadaqa qilaman» deb nazr qilib olish. Bunda nazrning kafforoti olmani eyish bilan emas, balki eb qo‘ygach 10 mingni to‘lamaslik bilan vojib bo‘lib qoladi)
Mana shu nazr deyiladimi? Bu kabi o‘zini-o‘zi boshqarishda (ayniqsa shahvat ishlarida), gunoh qilinmaslik Allohdan qo‘rqishga emas, balki jarima to‘lovdan qochishga yo‘nalib qolmaydimi? Nazr qilib olganim, bergan va’damga jiddiy kirishish uchun. Oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nazr qildingizmi endi mahkam turasiz. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 02:36 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar