Avtoto‘qnashuvdagi xolat

Assalomu aleykum! Ikki avtomashina ishtirokida avtoto‘qnashuv bo‘ldi «Yo‘l xarakati qoidalari» bo‘yicha Gai xodimini tushuntirishidan so‘ng aybdor tomon aybini tan oldi va jabrlanuvchiga ko‘rilgan zararni qoplash maqsadida (ikki tomon kelishuvi bilan) ma’lum summa berildi va summadan ortsa qaytariladi etmasa yana qo‘shib beramiz deyilmadi. Savolim shundan iboratki ushbu xolatda berilgan mablag‘ etmasa qo‘shib mashinani remont qilamiz lekin ortib qolsa qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Etkazgan zararni qoplab bersa ortiqchasini qaytarib beringlar. Mashina ustada turgan kunlariga ham falonchadan pul topar edim, shuni ham berasan deyishga haqqingiz yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar