Maktab o‘quvchilari
Assalomu alaykum! Xozirgi kunda maktab vaqti tugash arafasidaligi uchun maktab o‘quvchilari(Asosan bitiruvchilar, 8-9-10-11-sinflar) Yig‘ilish yani dars vaqtidan tashqari hammalari bir joyga yig‘ilib pul yig‘ib o‘g‘il bolalaru qizbola lar ziyofat qilishadi. U erda o‘yin-kulgu, musiqachilar, bo‘lar-bo‘lmas shartlar(ayniqsa nomahram bir birini qo‘lini ushlab raqsga tushish) holatlari kuzatiladi. Men bunaqa narsalardan yiroqman va shuning uchun sinfdoshlarim ajratib qoyib har hil laqablar qoyib ko‘ngilga og‘ir botadigan gaplar aytishadi. Bu yil ham shunaqa ziyofat qilishmoqchi bo‘lishyabti men aytdim unaqa bo‘mag‘ur narsalar qilmanglar dinimizga to‘g‘ri kelmaydi desam. Sen aralashma mullalar kerakmas sendan sorab ish qilmaymiz deyishdi. Keyin men bazi bir gapni tushunadiganlariga noto‘g‘riligini tushuntirib bu ishidan qaytarsam qolganlari kelvolib sen bahilsan o‘zing qatnashmaganinga yarasha boshaqalarniham qatnashtirmaysan deyishdi. Meni qilayotgan bu ishim notug‘rimi? Umuman olganda ular to‘gri qilyabtimi? Ularga nima deb nasihat qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri qilgansiz. Noshar’iy ishlardan qaytarish lozim.
Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizdan kim bir munkar ishni ko‘rsa, qo‘li bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, tili bilan qaytarsin, agar qodir bo‘lmasa, dili bilan qaytarsin, ana o‘sha eng zaif iymondir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:00 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar