Abu Xurayra rivoyatlaridagi atir sepgan ayol
Assalomu alaykum! Abu Xurayraning oldilaridan bir ayol atir sepkan xolida masjiddan kelayotgan edi. Shunda Abu Xurayra u ayolga g‘usl qilib olishini buyuradilar. Bu rivoyatdagi qayta g‘usl qilish xaqidagi amr atir xidini ketkazish uchunmi yoki boshqa maqsadda aytilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imom Nasaiy shunday rivoyat keltiradilar:
«Abu Hurayra roziyallohu anhu o‘zlariga yo‘liqqan bir ayolda xushbo‘y hidni sezib qolib:
«Ey Jabborning cho‘risi, masjiddan keldingmi?!» dedilar. U ayol:
«Ha», deb javob qaytardi. Abu Hurayra roziyallohu anhu:
«Men o‘z habibim, Abulqosim sollallohu alayhi vasallamdan:
«Alloh taolo ushbu masjidga xushbo‘y atir sepib kelgan ayolning namozini to u ayol junublikdan keyin g‘usl qilgandek g‘usl qilmagunicha qabul qilmaydi», deganlarini eshitganman, dedilar».
Imom Termiziy Abu Muso al-Ash’ariy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Har bir ko‘z zinokordir. Qaysi bir ayol atir sepib olib, bir majlis ahli oldidan o‘tsa, bundoqdir, bundoqdir», deb og‘ir narsani aytganlar. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِذَا اسْتَعْطَرَتِ الْمَرْأَةُ فَمَرَّتْ عَلَى الْقَوْمِ لِيَجِدُوا رِيحَهَا فَهِيَ كَذَا وَكَذَا، قَالَ قَوْلًا شَدِيدًا. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qachon ayol kishi atir sepib, uning hidini bildirish uchun bir qavmning oldidan o‘tsa, u bundoq-bundoqdir», deb qattiq gap aytdilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilgan.
Sharh: Boshqa bir rivoyatda «o‘sha ayol zoniyadir», deyilgan. Chunki xushbo‘y narsa ila begona erkaklarning e’tiborini qasddan jalb qiladigan, ko‘ngillarining sust ketishiga sabab bo‘ladigan ayol yaxshi ayol bo‘lmaydi. Bu narsaga ayol-qizlarimiz alohida e’tibor bermoqlari lozim.
Islomda ayol kishining o‘tkir hidli xushbo‘y narsalarni o‘ziga surtib olib, begona erkaklarning shahvatini qo‘zitishlari o‘ta madaniyatsizlik hisoblanadi. Madaniyatli muslima bunday vaziyatda hidi kuchsiz xushbo‘ylarini ishlatadi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom