Kopirayterlikda kriptovalyuta reklamasi

Assalomu alaykum! Men bir agentlikda matn yozish bilan shug‘ullanaman bizda tur xil o‘quv markazlarini SMMni yurgazamiz va menga ba’zida kriptoalyutalar xaqida yozish vazifasi beriladi. Savolim shundan iboratki agar ular xaqida ma’lumot bersam yoki insonlarni matnlarim orqali jalb qilsam xarom amal qilgan va daromadimga xarom aralashgan bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishni qilmang. Biz butun dunyo musulmon ulamolari uyushmasining bosh kotibi doktor Ali Muhiddin Qoradog‘iy bilan suhbatlashganimizda u kishi “musulmonlarga buni tavsiya qilmaymiz, joiz emas” deb fatvo berdilar. Siz shu fatvoga amal qilib turavering. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:01 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar