Shunday tartibda musobaqa xalolmi
Assalomu alaykum! Biz o‘zaro musobalashib turamiz. Musobaqalar xomiylar tomonidan o‘tkazilib qatnashuvchilar pul tikishmaydi, xomiylar qatnashishsa xam natijalari xisobga olinmaydi. Endi bu yildan biz azo bo‘lgan jamoa xar bir ishtirokchidan jamoaga azolik badali uchun malum miqdorda pul yig‘ib jamoa uchun kubok sotib olishmoqchi va ushbu kubok yil yakunida eng yaxshi natija qayt etgan ishtirokchiga berilib keyingi yil kimdur g‘olib bo‘lsa o‘sha ishtirokchiga topshirmoqchi shu tarzda xar yili kim yutsa vaqtinchalik topshirilmoqchi. Ushbu kubok xech kimning mulki bo‘lib qolmaydi. Jamoaning kuboki bo‘lib qoladi. Shu tarzda ish tutishlik shariatga muvofiqmi qimor bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha buyumdan g‘olib uchun biror moddiy manfaat bo‘lmasa va mulkiga kirmasa, joiz. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom