Junubda namoz o‘qish mumkinmi?
assalamBa‘zan bomdod namoziga turganimda junub holatida uyg‘onaman, shunda nima qilishga ikkilanib qolaman. Ya‘ni faqat tahorat olib namozni ado qilaymi (garchi g‘uslsiz bo‘lmasa ham) yoki o‘qimasammi deb o‘ylanib qolaman. Gap shundaki g‘usl qilish uchun vaqt ham sharoit ham bo‘lmay qolishi mumkin, ya‘ni suv isitib hammomni isitguncha ancha vaqt o‘tib ketadi, ungacha quyosh chiqib qolishi mumkin. Shu borada nima maslahat berasiz?Javobingiz uchun rahmat...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Birov suv va boshqa imkonlari bo‘la turib vaqt chiqib ketishidan qo‘rqqan holatni hanafiy mazhabi ulamolari uchga taqsimlaganlar;1. O‘tib ketishining hechqisi yo‘q namozlar. Bularga nafl namozlar kiradi.2. O‘tib ketsa o‘rinbosari yo‘q ikki iyd va janoza namozlari. Bularni tayammum qilib o‘qiladi.3. o‘tib ketsa o‘rinbosari bor namozlar. Bunga o‘rinbosari Peshin bo‘lgan juma namozi va o‘rinbosari qazosi bo‘lgan farz namoi kiradi. Bunday namozlari yuqoridagi holatda tayammum bilan o‘qib bo‘lmaydi. Balki tahorat qilib jumaning o‘rniga peshin va farzning o‘rniga uning qazosi o‘qiladi.
27 Aprel 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 240 | Boshqa ibodatlar