Taloq olmasdan boshqaga tegish

Assalomu alaykum! Men birinchi turmushimdan qonuniy ajirashganman lekin sobiq turmush o‘rtog‘im taloq degan gap aytmagan. Oradan bir yil o‘tib boshqa insonga turmushga chikdim, sobiq turmush o‘rtog‘im xam boshqa ayolga uylangan. Xozirgi nikoxim xarom xisoblanadimi, birinchi turmushimdan taloq olishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taloq yoki taloqqa dalolat qiladigan birorta ham so‘z aytilmagan bo‘lsa, siz hali ham shar’an o‘sha odamning nikohidasiz. Ikkinchi o‘qilgan nikohingiz bog‘lanmagan va oralaringizdagi barcha ishlar zino bo‘lmoqda. Agar ajrashi vaqtida taloqqa dalolat qiladigan gaplar bo‘lgan bo‘lsa va orada iddangizni ham tugatgan bo‘lsangiz keyingi nikoh joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:32 | Savol-javoblar | 159 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar