Allohni yaxshiroq tanimoqchiman
Assalomu alaykum! Men 17 yoshdaman Alhamdulillah Alloh tavfiq berib ibodatlar qilyapman lekin ibodatlarim huddi ruxsiz bo‘layotgandey tuyilyapti nomozda hushu yo‘q Qur’on o‘qiyman manosini chunmiman hozr arab tili gramatikasini o‘rganyapman tafsiri hilol o‘qiyapman. Shayx xazratlarining iymon kitobini ham o‘qiyapman lekin imonim sust hecham kuchaymayapti va bir maruzada eshitim ibodatlarda hushu lazzat bo‘lishi uchun Allohni sevish kerak ekan. Allohni sevish uchun esa uni yaxshi tanish kerek ekan. Men Allohni 99 ta ismini tarjimasini ham o‘qib ko‘rdim lekin uncha foydasi bo‘lmadi qaysidir kitobda Allohning hamma sifatlari yaxshilab chunturilgan qaysi kitobni o‘qusam imonim kuchayadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Toat ibodatda bardavom bo‘ling, doim tahoratda yuring tilingiz zikr bilan band bo‘lsin, Alloh sizga bu holatni balki sinov sifatida bergandir yoki hali iymon lazzatini totish vaqtiga etib bormagandirsiz. Sabr bilan davom etib Allohdan iymon lazzatini topishni so‘rab duo qiling. Solihlar bilan birga bo‘ling.
Alloh taolo "Oli Imron" surasida marhamat qiladi: قُلْ إِن كُنتُمْ تُحِبُّونَ اللّهَ فَاتَّبِعُونِي يُحْبِبْكُمُ اللّهُ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ذُنُوبَكُمْ وَاللّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 31. «Agar Allohni sevsangiz, bas, menga ergashing, Alloh sizni sevadir va sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiladir. Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir», – deb ayt.
Allohga muhabbat, iymon quruq gaplar emas. Odamlar orasida o‘zining iymoni borligini, Allohga muhabbati borligini aytishi bilan sobit bo‘ladigan narsa ham emas. Allohga haqiqiy muhabbat, haqiqiy iymon og‘izda aytiladigan gap, vijdoniy his-tuyg‘u yoki ba’zi rasm-rusumlarni ado etishdan iborat ish emas. Aslida u Allohga va Uning Rasuliga to‘liq bo‘ysunishdan iboratdir.
«Agar Allohni sevsangiz, bas, menga ergashing...»
Kim Allohga muhabbati borligini da’vo qilsa, bu da’voning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi hukm uning Nabiy alayhissalomga ergashishiga qarab chiqariladi. Agar u Nabiy alayhissalomga to‘g‘ri ergashsa, da’vosi to‘g‘ri. Ergashmasa, to‘g‘ri emas. Payg‘ambar alayhissolatu vassalomga ergashish har bir bandaga bitmas-tuganmas baxt-saodat keltiradi. Bu narsa oyatda quyidagicha bayon qilinmoqda:
«Alloh sizni sevadir va sizlarning gunohlaringizni mag‘firat qiladir».
Mo‘min banda uchun Allohning muhabbatidan ham yaxshiroq baxt-saodat bormi?! Buning ustiga, uning gunohlarini ham mag‘firat qilib tursa! ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:49 | Savol-javoblar | 149 | Boshqa ibodatlar