Zam surada kalimalarni aytish

Assalomu alaykum! Men namozni 15 yoshimda boshlaganman. O‘sha paytda «Islom dini nima» degan kitobda zam sura kilib kalimalarni aytsa bo‘ladi deb yozilgan edi. Men ko‘pincha namozlarda «Kalimai istig‘for»ni o‘qiyman. Shu kalimani zam sura qilib o‘qishim to‘g‘rimi? Chunki hozirda din kuchayib ayrim narsalar to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lib chiqyapdi. Oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri. O‘qigan namozlaringizni qaytarish shart emas. Bundan keyin zam suraga faqat sura o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:10 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar