Supermarketda ishlashim
Assalomu alaykum! Men Work and Travel USA programmasi bilan Amerikaga keldim, bizni ishimiz katta supermarketda edi, men u joyda ko‘chadegi korzinkalarni yigib ichkariga olib kirib qo‘yish vazifasni olip ishlagandim. Bu joyni xavosidan allergiya bolip ko‘kragim og‘rip boshladi, kasalxonaga borsam sog‘ligiz bilan muammo yo‘q lekin allergiya bo‘lishi mumkin dedi, yani bu joyni klimatiga allergiyam bor ekan. Boshliqga kirip ishimni o‘zgartirmasam bo‘lmaydi dep ayttim, boshliq faqat kassada ishlashing mumkin dedi, meni boshqa tanlovim bo‘lmagani uchun rozi bo‘ldim. Kassada ishlayapman, lekin kassada cho‘chqa go‘shti, alkogol va boshqa xarom maxsulotlarini skaner qilip, insonlardan pul opqolaman. Shu xolatda xarom narsaga qo‘limni tekkizganim uchun, va qandaydur miqdorda bunga sabab bo‘lip qolganim uchun gunoxkor bo‘lamanmi? Ishimni almashtiray desam 1 oysiz almashtirishka mumkin emas ekan. Shunda buning xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa halol ishga o‘ting. O‘sha harom mahsulotlarni sotib berganingizga yarasha miqdordagi oyligingizni savob umid qilmay sadaqa qilib yuboring. Vallohu a’lam!
21 Iyul 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom