Penya undirish haqida qaror chiqarish
Assalomu alaykum! Qonunchiligimizga ko‘ra, ikkita tadbirkor mahsulot etkazib berish shartnomasi tuzib bir taraf mahsulotni etkazib bergan bo‘lsayu ikkinchi taraf shu mahsulotni pulini to‘lamagan bo‘lsa va mahsulot etkazib beruvchi etkazib berilgan mahsulotning xaqini undirishni hamda sudga murojaat qilingunga qadar mahsulotning qiymati to‘lanmaganligi sababli (ya’ni to‘lov kechiktirilayotganligi uchun) penya undirishni so‘rab sudga murojaat qilsa, sud penyani tegishli qismini undirib berishi kerak. Shu holatda penya ya’ni ortiqcha foiz undirib berganligi uchun sudya ribo qilgan xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mabodo undirib olsa ham egasiga qaytarib beradi. Agar shartnomada oldindan tomonlar jarimani xayriya maqsadida berishga rozi bo‘lishgan bo‘lsa, xayriyaga berib yuboriladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat