Taloqni shartga qilgandim

Assalomu alaykum! Meni ayolim uyida 1oydan buyon bolalarim u bilan. Bolalarni sog‘inib borsam ular bunga qarshilik qilsalar yoki uyga olib ketib yana qayta olib kelishga va’da bersam ko‘nmasalar "Agar bugun soat kech 21:00 gacha farzandlarimni uyimga olib borib bermasangiz ayolimni 3 taloq qildim" desam olib borib berishsa hukmi qanday va olib borishmasa hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kech soat 21-00 gacha olib borib berishsa, taloq tushmaydi. Agar olib borib berishmasa yoki 21-00 dan kech olib borishsa uch taloq tushadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:53 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar