Ustaning haqqini bermagandim

Assalomu alaykum! Uyimda usta ishladi, ta’mirlash qildi va buzib qo‘ydi. Uning pulini bermadim, so‘kdim, rosa dilini og‘ritib qo‘ydim. Avvalo hamma narsa Allohdan, lekin ana shundan buyon nima ish boshlasam oldiga yurmayapti. Shu ustaning pulini bermay dilini og‘ritganim uchun ham ishim yurishmasligi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustaning xizmatiga yarashasini berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:44 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar