Saxarlikda uxlab qolsa

Assalomu alaykum! Sizlar saxarlikda taqvim bo‘yicha 5-10 daqiqa kech qolsa qazo tutasiz debsiz. Taqvim 100 foiz vaqtni belgilaganmi? Bilmaymizku saodat asrida birinchi azongacha saxarlik deyilganku?!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular tonga qarab ro‘za tutganlar. Hozir o‘sha tongni belgilab qo‘yishgan. Aslida bu borada eng ehtiyotini olishimiz kerak. 5-10 daqiqa kechiktirilsa umuman ro‘za bo‘lmagan bo‘ladi, chunki shariat nazdida 5-10 daqiqa kechiktirib saharlikni to‘xtatish bilan obed qilib ro‘za tutishni hech qanday farqi yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:56 | Savol-javoblar | 150 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar