Tashakkurnoma va duo so‘rab

Alloh taolo ilmingizni ziyoda qilsin! “hilolnashr.uz” saytidan bir necha kitoblaringizga buyurtma bergan edim. Alhamdulillah, kecha barchasi etib keldi. Behad quvondim. "Diniy kutubxona"miz yana sakkizta kitobingiz bilan to‘ldi. Alloh nasib qilsa, boshqa kitoblaringizni ham olamiz. Avvalo, halqimizning ma’rifati rivoji yo‘lida qilayotgan xayrli ishlaringiz uchun Alloh dunyo va oxiratingizni obod qilsin, qolaversa, “hilolnashr.uz” sayti jamoasining kitobxonlarga taqdim etayotgan qulayliklari uchun Alloh ulardan rozi bo‘lsin. Ustoz, Alloh taolodan bu kitoblarni o‘qib, undagi masalalarga amal qilib, boshqalarga etkazib, siz kabi ilmu-ma’rifati yuksak, dinda faqih, ahli solih insonlardan bo‘lmoqligimizni so‘rab duo qilsangiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo sizlarga o‘xshash muxlis bandalarining sonini va sifatini ziyod qilsin!

26 May 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar