Bit’atmi?

Assalomu alaykum! Hozirki tarqalgan 1 habar shubhali va unda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nomlaridan deyilgan. Unga ko‘ra kim Ramazonning oxirgi juma kuni juma namozi bilan asr namozi orasida 4 rakat qazo namozinm o‘qisa 400 yillik namoz o‘rgiga o‘tar emish.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz keltirgan gap Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tuhmat, yolg‘on va to‘qima gap.عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّ  Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar.
Sharh: Bilib turib, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytmagan narsani u zotdan, deb gapirish shunchalar yomon narsaki, kim shu ishni qilsa, do‘zaxiy bo‘lishi turgan gap.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbatan yolg‘on to‘qilishining oldini olish lozim. Bilib-bilmay, turli gaplarni hadis deb aytish katta gunohdir. Bu o‘sha odamning do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun haqiyqiy ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilmasdan turib, hadis aytish yaxshi emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:00 | Savol-javoblar | 129 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar