Kitobdan tushunmaganim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustoz, man Jomi ul-mutun Moturidiya etiqodi degan kitob olgandim. Shu kitobda mana bu suzlarga tushunolmayapan: Qur’oni Karim xarf, tovush va parchalardan xam tashkil topmagan. U bir manodir. Alloh taolo tovushlarni va xarflarni yaratgandan keyin, bu manoni Jabroil (alayxissalom) parda ortidan tinglagan va yod olgan. Keyin u xazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa saxobai kiromlarga, ular tobeinga etkazdilar va tobeindan esa bizlarga qadar naql qilindi. Qur’oni Karim ibronicha yoki suryoniycha emas. Qur’oni Karimning arabiy qilib nozil qilinishi Allohning kalomiga dalolat etmog‘i uchundir. Qur’oni Karimning xarflari va tovushlari maxlukdir(yaralmishdir). Yozuvli bo‘lgan narsa esa maxluk emas. Qur’oni Karimni maxluq(yaralmish) degan kimsa kofir bo‘ladi” deyilgan.
Man tushunolmagan joylari: “U bir manodir. Qur’oni Karim ibronicha yoki suryoniycha emas. Qur’oni Karimning arabiy qilib nozil qilinishi Allohning kalomiga dalolat etmog‘i uchundir. Yozuvli bo‘lgan narsa esa maxluq emas. Qur’oni Karimni maxluq(yaralmish) degan kimsa kofir bo‘ladi.
2). Ayol kishidan din masalasida dars olsa bo‘ladimi? Sizlarga kotta rahmat Alloh sizlardan rozi bo‘lsin Amin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Siz gapirishingizdan oldin xayolingizda tuzgan jumla o‘sha ma’no hisoblanadi. Bu mavzuga chuqur ketmang. 2). Ayol agar mahrami bo‘lsa joiz. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:36 | Savol-javoblar | 163 | Ta’lim va muta’allim