Telefonda uch taloq aytdim

Assalomu alaykum! Sizlarga yana bir bor sovol yo‘llayapman men qattiq jaxl ustida xotinimni telefonda “uch taloqsan” deb yuborgandim. Shu so‘zni aytganimga uch kun bo‘lgan bo‘lsa shu kundan beri tovba qilaman. Xotinimdan boshqasi bilan yashashni tasavvur xam qilomiman ayb o‘zimda, bo‘lar bo‘lmasga jaxl qilaveraman. Endi xatolarimni tushunib etdim bir o‘g‘lim bor, nima qilishni sizlardan so‘rayman to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatinglar, qattiq istirobdaman, taloqni niyat qilmagan edim. Bir bor imkon berilsa hammasini to‘g‘rilayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Xotiningiz uch taloq bo‘lgan. Siz noinsofni ishini qilgansiz. Bir taloqsan deyish ham kifoya qilar edi. Endi ayolingiz iddasi chiqqach boshqaga turmushga chiqib undan ham talog‘ini olib va yana idda o‘tirib, iddasi tugaganidagina sizga nikohlanib halol bo‘ladi. Bundan boshqa yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:20 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar