Otam kofirmi
Assalomu alaykum! Ustozlar men ushbu savolni ko‘zimda yosh bilan yozyapman. Bir yildan buyon ibodatdaman. Yoshim 18 da alxamdulillax dinimga amal qilaman, namoz o‘qiyman va boshqa ibodatlarni xam to‘liq bajarishga chin ixlos bilan xarakat qilaman. Alloh sevgan bandasiga dinni tushinadigan qilip qo‘yar ekan. Bir yildan buyon yani Allox xidoyat bergandan beri boshimga balolar turli sinovlar kelmoqda albatta bu Allohning sinovi. Otam xar kuni aroq ichadi, irodasi yo‘q o‘zini qo‘lga ololmaydi. Qalbi musulmonlarga nafrat, nifoq bilan to‘lgan, musulmonlar qoloq, zamondan orqada qolgan degan tushunchada, namozxonlarni yomon ko‘radi. Meni xam o‘zingcha xudojo‘ysan dep urushadi. Xolat shunchalikki mast xolida Allox va rasulini so‘kib yuboradi, dininga xam tupurdim dep og‘ziga kelganini gapiradi. Senlar ota onani xam tan olmaysanlar, senlarga Xudo bo‘lsa bo‘ldi, senlar vaxobiysanlar dep janjal to‘polon qiladi. Eng achinarlisi mast xolida Allox yo‘q dep ateistlik qiladi. Iltimos menga yordam beringlar nima qilay? Bazida otam bilan shu mavzuda baxslashib ketaman qattiq gapirib xam yuboraman. Otam bilan xadep tortishaversam gunoxkor bo‘lamanmi iymonimga putur etadimi oxiratim kuyadimi? Otamga islom dininin yaxshi ko‘rsatish maqsadida xulqimni yaxshi qilsam, zayiflik dep tushunadi. Otam kofir emasmi? Juda xavotirdaman nima qilay otamga qanday muomala qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aslo tortishmang, otangizga din to‘g‘risida ham gapirmang. Chiroyli xulqda davom etavering, bir kun in shaa Alloh to‘g‘rilanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aslo tortishmang, otangizga din to‘g‘risida ham gapirmang. Chiroyli xulqda davom etavering, bir kun in shaa Alloh to‘g‘rilanadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush