Kreditga olingan uydan qutilish

Assalomu alaykum! Men oldinlari bu nasani tushunmay qilganman yani 20 yil muddatga yillik 7% ga oldindan 20% to‘lovi evaziga kreditga uy olganman, chunki uyga muxtoj edim. Qo‘limda mablag‘im yo‘q edi uy olishga. Endi esa bu kredit mavzusi sudxurlik ekanini tushunib pushaymon bo‘layapman. Uyni sotay desam uyni sotganimdan kelgan pul xarommi yo‘qmi bilolmayapman, kimdan so‘rasam xam javob topolmayapman. Iltimos savolimga javob topishga yordam beringlar, men nima qilay uyni sotaymi yoki sotmaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tezroq yopib qutuling. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar