Tushimda qibla boshqa tomonda edi

Assalomu aleykum Hazrat. Islom yo‘lida qilayotgan xizmatlaringiz uchun Alloh sizga ulug‘ ajrlar bersin.Bundan ikki yil oldin, Ramazon oyida tushimda masjidimiz jamoatini masjid yaqinidagi joyda peshin vaqtida ko‘rgan edim. Lekin biz har doim namoz o‘qiydigan qiblaga qarab emas, boshqa tomonga qarab o‘tirgan edik. Shundan keyin, hozirgi kungachas shunga o‘xshagan holat tushimga kirardi, lekin endi hammasi masjidda sodir bo‘layotgan edi. Gohida namoz o‘qiyotgan bo‘lamiz, gohida, namozni kutayotgan bo‘lamiz, lekin qibladan boshqa tomonga qarab. Oxirgi paytda esa, tushimda qiblaga qarab namoz o‘qiyapmiz.Nimaga unaqa bo‘layotganini bilolman hayronman. Maslahat bering, iltimos
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tushga har narsa kiradi. Hayron bo‘lmang. Yaxshilik.

3 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar