Faqat bir mahal namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Mani yoshim 17da. Xozirgi kunda abiturientman. Haftada 4 marta uyda bo‘lmayman ertalab ketib kechasi ketaman. Namoz o‘qishni juda ham boshlagim kelyapti. Oldinlari uyda bo‘lgan paytim o‘qir edim. O‘qish boshlangan sababli o‘qiy ololmayapman. Aynan namoz o‘qiladigan paytlari men darsda bo‘lib qolaman. Savolimning mazmuni shundan iboratki har kuni bomdod namozini o‘qib haftadagi 4 kun bomdod namozidan tashqari boshqa namozlarimni o‘qimasdan, qolgan 3 kundagi namozlarimni to‘liq ado etsam gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir vaqt bo‘lsa ham namozni o‘qish gunoh emas, o‘sha bir vaqtni ham o‘qimaslik gunoh. Baribir bir kun namozlarni o‘qimaganingiz uchun vayl azobiga duchor bo‘lasiz. Besh mahal o‘qimasangiz besh mahallikka yarasha, uch mahal o‘qimasangiz uch mahallikka yarasha azoblanasiz. Qancha azobni xohlasangiz tanlayvering, ixtiyor o‘zingizda. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 166 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar