Qariyalarning namoz amallarini eslay olmay qolishi

Assalomu alaykum! Buvimiz 78 yoshdalar. Namoz o‘qirdilar, pnevmoniya bilan kasallangandi. Davolandi, xozir tuzuk. 1. Namozni o‘tirgan xolatda oyog‘ini o‘ng tomonroqqa uzatib o‘qiydi. Shunday qilsa bo‘laveradimi? 2. Namoz paytida sura, zikrlarni va ularni qaerda aytish kerakligini biroz unutib qo‘yyapti. Shunda yonidagi namozxon ayol ovozini chiqarib sura yoki ziklarni boshini eslatib qo‘yishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunchalik bo‘lsa qiblaga uzatib olib o‘qiyveradi. 2). Mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:38 | Savol-javoblar | 140 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar