Namozda adashgandim

Assalomu alaykum! "Shom namozini jamoat bo‘lib o‘qidik. Man imomlikka o‘tdim qolgan 3 kishi ergashdi. Birinchi rakatda Buruj surasining 7-oyatigacha o‘qidim va keyin adashganligim sabab Innalloha a’la kulli shay’in Qodir deb rukuga ketdik. Lekin Namoz oxirida sajdai sahv qilmadik. Bu namozning hukmi qanday?" - deb savol bergan edim. Sizlar aynan qanday xato qilganingizni batafsil yozing deb javob bergan edinglar. Uzr savolni to‘liq yoritib bermapman. Namozda Buruj surasi 8-oyatining "Allaziy lahu mulkus samavati val ard" degan oyatigacha o‘qidim va "Innalloha a’la kulli shay’in shahid" deyish o‘rniga "Innalloha a’la kulli shay’in Qodir" deb rukuga ketganimiz bo‘ldi. Mana shu mani xatoyim edi. Endi qanday yo‘l tutish kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zarari yo‘q, namoz ado bo‘lib, qayta o‘qishga hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar