Savdodagi sherikchilik
Assalomu alaykum! Men do‘stim bilan 1 yil oldin 19 Avgustda sherikchilikda savdo ishini boshladik men unga 70mln so‘m berdim shartnoma qildik agar sherigim 1 yildan keyin shu sanada men bergan 70 mln ni qaytara oladigan bo‘lsa sherikchiligimiz yakunlanadi yoki aksi bo‘lsa sherikchilik yana 1 yilga cho‘zilishiga kelishib oldik qish oyida qishki mahsulotlar uchun yana qarz sifatida 2000$ aqsh dollori miqdorida pul kerakligini aytdi u ham dastmoyaga qo‘shiladi lekn u pulni qish o‘tgandan kn qaytarishini aytdi qish qattiq kelganligi sababli u o‘ylagan savdo bo‘lmadi va men bergan 2ming aqsh dollorini chiqarolmadi qish o‘tgandan kn pulni so‘raganimda u uyiga 2ming dollordan koproq tavarni olib kirib qo‘yishga majbur bolganligini aytdi qish o‘tib ketdi endi shu bilan u mahsulotlar keyingi qishda olib chiqiladi. U menga men bergan 2ming dollorni qaytaradigan bo‘lsa asosiy dastmoyadagi(70mln) pul kamayib ketishini aytdi shuning uchun men u pulni so‘ramadim shundan keyin. Hozir 19 avgustga yaqinlashyabdi va u menga 70 mln so‘m pulni tayyorlaganini va shartnomani yakunlashni so‘radi men unga avval 2000$ dollor berishi kerakligini aytdim u esa u pulni qaysi sanada bergan bo‘lsam shu sanada olishimni aytyabdi men esa 70mln so‘mni va 2000$ ni bermagunicha shartnoma yakunlanolmasligni aytganimda qishda bo‘lgan qiyin vaziyat tufayli 2000$ o‘ylanganidek foyda qilmaganini hozir u barcha pulni(70 va 2k$) bersa men suvdan quruq chiqib ketishimni aytyabdi va hech bo‘masa vaqtga kuyasiz holos shuning uchun 2000$ni qaysi sanada bergan bo‘lsangiz shunda olasiz hozir 70 mlnni beraman va shartnomani yakunlaymiz deyabdi. Bu holatda qanday yo‘l tutushimiz kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Darhol shartnomani bekor qilish va bor tovarlarni sotib sarmoya va foydani ajratishni talab qilishga haqlisiz. Qishki tovarlar arzonga sotilsa shunga rozi bo‘ling yoki qish kelishini kuting. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 19:00 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Darhol shartnomani bekor qilish va bor tovarlarni sotib sarmoya va foydani ajratishni talab qilishga haqlisiz. Qishki tovarlar arzonga sotilsa shunga rozi bo‘ling yoki qish kelishini kuting. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 19:00 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar