Nevara oldida buvining kiyinishi

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘imni singillarini 13yoshli o‘g‘illari ta’tilda bizni uyda yuradi. Kaynonam bilan yani buvisi birga yotishi, uni ustiga qaynonamning bemalol kiyinib echinishlari, ichki va tungi kiyimda xam bemalol yurishlari qanchalik to‘g‘ri? Xo‘jaynimga bunday kilishlari yaxshi emas desam o‘zlarini nevaralari deydilar. Jiyanimiz menga uy yumushlarida yordam beradilar lekin ularning meni va qizlarimni oldida yurishlari to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 13 yosh balog‘atga qadam qo‘yish yoshi hisoblanadi. Bunday qilishdan saqlanish kerak.  Alloh taolo “Shams”  surasida marhamat qiladi: فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا۝ 8. Unga fujurini va taqvosini ilhom qildi.
Ushbu oyatda Alloh taolo bandalarining ichiga gunohga boshlovchi unsurni ham taqvoga boshlovchi unsurni ham qo‘yganini bayon qilgan. Inson gunoh ishlarga yaqinlashganda, buzuq narsalarni ko‘rganda, buzuq odamlarga yaqinlashganda fujurga boshlovchi unsur ishqalanib harakatga keladi va insonni ham o‘sha tomonga harakatga keltiradi. Taqvoga sabab bo‘ladigan ishlar, kishilar va nasihatlarga yaqinlashganda taqvo unsur ishqalanib harakatga keladi va insonni ham o‘sha tomonga harakatga keltiradi. Gohida inson avvaldan o‘sha ishlarga bulg‘anib keyin tavba qilgan bo‘lsa har esiga tushganda o‘sha fujurga boshlovchi unsur harakatga kelib qoladi. Bu harakatga kelish ayb emas, bu narsa hammada sodir bo‘ladi. shunday vaqtda taqvoni harakatga keltiruvchi omillarga yaqinlashish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:53 | Savol-javoblar | 132 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar