Nazrga kiradimi?

Assalomu alaykum! O‘g‘il farzand ko‘rish uchun o‘qiladigan duo haqida muhtaram shayx Hazratlaridan so‘ralgan bir savolga ko‘zim tushdi. Unda aytiladiki “Kim homilador xotinining qorniga qo‘lini qo‘yib: Bismillahil Ahad As Somadullaziy lam yalid va lam yulad-Allohumma inniy sammaytu maa fii xazal batni Muhammadin bi ismi Muhammad sollallohu alayhi vassalam”, desa o‘g‘il farzand ko‘radi deyilipti. Bu savolga shayximiz shunday gap bor va tajriba qilganlar ham bor degan ekanlar. Agar bu duoni o‘qib keyin o‘g‘il farzand ko‘rsa, ismini Muhammad deb qo‘yishga nazr qilgan bo‘lib qoladimi? Bu duoda nazr qilishga dalolat gaplar borku?! Sizlar nima deysizlar?Javob uchun rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ha. Avvaliga Muhammad deb qolganiga boshqa ismni ham qo‘shib aytsangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 157 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar