Musulmon bo‘lmagan odamning duosi ijobatmi?

Assalomu alaykum! Men rus millatiga mansub, dini xristiyan bo‘lgan yoshi katta kampir bilan yashayman. U meni xar kuni duo qiladi va shu bilan birga Xudoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojat qilib bo‘lmaydi Iso alayxissalom orqali murojat qilish kerak deydi. Meni duo qilishi va meni ushbu kampir bilan yashashim to‘g‘rimi. G‘ayri dinni duolari ijobat bo‘ladimi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Birga yashash, unga yaxshilik qilish, go‘zal muomalada bo‘lish bilan bo‘lsa mumkin. Alloh taolo “G‘ofir” surasida ularning duosi haqida marhamat qiladi:  وَمَا دُعَاء الْكَافِرِينَ إِلَّا فِي ضَلَالٍ۝ 50.  « Kofirlarning duosi zalolatdan boshqa narsa emas». Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:54 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar