Kelinlar uyiga borishi uchun ruxsat

Assalomu alaykum! Qizli uyimga borish uchun qaynonam va erimdan ruxsat so‘rar edim. 1 yildan oshdiki qaynotamdan xam so‘rayman. Mendan xam so‘ra men bo‘tta xujayinman deydilar. Erim uyga borishimga ruxsat berdilar desam xam yo‘q bu uyda men xo‘jayinman deydilar. Qaynona qaynotamdan javob so‘ramasdan erimdan so‘ragan xolda ketursam bo‘ladimi degan savolga "Baxtiyor oila" kitobidan “Faqat sog‘-salomatlik holatida ota‑onaning ziyoratiga bir haftada bir marta er ruxsat bermasa ham borishga, agar ular bemor bo‘lsalar, keragicha borishga ayolning shar’iy haqqi bor” deyilgan deya javob beribsiz. Uni o‘qiganimda erim menga xo‘jayinligi va ota-onam kasal bo‘lishsa xaftada 1 marotaba ruxsat bermasalar xam borib kelishim mumkunligi aytilgan. Ammo erim bazida otamning aytganini qil deydilar. Bazida ikkovlari xam “kitobda yozaveradi” deyishgan. Ayting nima qilay axir xozir men xam ota onamni ko‘rib olmasam ertaga yoshim katta bo‘lib farzandrimdan ortmaganimda yoki vafot etishganda bormaymanku.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Baxtiyor oila” kitobda yozilgani to‘g‘ri. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:52 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar