To‘siqlarni ochuvchi duo

Assalomu alaykum! Hayotdagi ba’zi bir xolatlarda to‘siqlarni ochish, bir ishni boshlashga yo‘l bermayotgan paytlarda qaysi duolarni zikr qilib yurgan yaxshi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi:  وَاسْتَعِينُواْ بِالصَّبْرِ وَالصَّلاَةِ وَإِنَّهَا لَكَبِيرَةٌ إِلاَّ عَلَى الْخَاشِعِينَ۝ 45. Sabr va namoz ila yordam so‘rang. Va albatta, u chin dildan qo‘rquvchilardan boshqalarga juda katta ishdir.
Biz «yordam so‘rang» deb tarjima qilgan ibora arab tilida «ista’iynu» deb kelgan. Bu so‘z bir ishga urinib turib, yana qo‘shimcha yordam so‘rash ma’nosini anglatadi. Demak, musulmon kishi har bir ishga astoydil urinadi va shu bilan birga, Allohdan yordam so‘raydi. Sabr, ko‘pchilik xayol qilganidek, salbiy ma’noda, ya’ni, nima bo‘lsa ham sabr qilyapman, deb jim, harakatsiz turish emas, balki Allohning aytganini bajarish jarayonida duch keladigan mashaqqatlarni engishdagi sabrdir. Eng bosh sabr havoyi nafsni, rohat-farog‘atni, mansabni tark qilib, Allohning aytganiga yurishga chidashdir.
Namoz esa bandani Allohga bog‘lab turuvchi narsa bo‘lib, inson namoz orqali quvvat, matonat, chidam va bardoshga erishadi. Nabiy alayhissalom qachon boshlariga qiyin ish tushsa, namoz o‘qishga shoshilar edilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan).
Avval namoz o‘qiydi, ishga qo‘l uradi va sabr qilib kutadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:59 | Savol-javoblar | 176 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar