Huzayma ibn Sobit roziyallohu anhu haqlarida
Assalomu alaykum. Ustoz.Sizga ruhsatingiz bilan bir savol bersam.Huzayma ibn Sobit roziyallohu anhuning bir o‘zing guvohliklari ikki kishini guvohligi bilan barobar bo‘lgan sahoba nima sababdan bunday sazovvorga ega bo‘ldilar shu haqda bilmoqchi edik.Bu savolli yozishdan oldin sizni hadis va hayot kitobingizga 4-chi va 29-chi juzlarga malumot bor ekan juda oz ekan. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vasllam bir arobiydan ot sotib oldilar.U erda guvohlikka Huzaymadan boshqa hech kim yo‘q edi.Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Huzaymaning bir o‘zing guvohligi bilan kifoyalandilar so‘ngra Qaysi bir kichiga Huzayma yakka o‘zi guvohlik bersa,kifoya qiladi deb marhamat qildilar.Hadis va Hayot 4-chi juz 182-betiga shunday keltirilgan.Shu iqtibosni topdim bu erga nima uchun Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Huzayma roziyallohu anhuni guvohligi haqida nima uchun bunday bashorat berdila oralarida bu iqtibosga kelmagan buror hodisa bo‘ldimi bunyay bashoratni berdila shu haqda bilmoqchiydim.Ustoz savolimga kamchilik bo‘lsa yoki beadabik bilan savol bergan bo‘lsam bu mani ilimsizligimdan deb biling.Ollohdan sizga va oilangizga ikki dunyo saodatini tilab ezgu niyatlar bilan shogirtingiz Komiljon.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xuzayma roziyallohu anhuning iymonlari kuchli bo‘lganidan, U zotga tasdig‘i darhol bo‘lganidan ushbu faziylatni berganlar. Boshqa hech kimga bu fazl nasib qilmagan. O‘sha a’robiy bilan bo‘lgan hodisa bunga sabab bo‘lgan.
3 May 2022, 02:50 | Savol-javoblar | 170 | Hadislar