Jaxriy va maxfiy namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Xammaga ma’lumki kunduzgi farz namozlarni maxfiy kechki farz namozlarni jaxriy o‘qiladi. Bir kishi jaxriy o‘qiladigan namozni maxfiy yoki aksincha o‘qilsa sajdai saxv vojib bo‘ladi dedilar. Bu qanchalar to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozning vojiblaridan birini unitib tark qilganda, oldin-keyin qilib qo‘yganda va ziyoda yoki nuqson qilib qo‘yganda sahv sajdasi qiladi. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Ovozni oshkora yoki maxfiy qiladigan o‘rinlarda oshkora va maxfiy qilish.
Farz namozlardan bomdodning ikki rak’atida ham, shom va xuftonning birinchi ikki rak’atida, juma va ikki iyd namozlarida qiroatni ovoz chiqarib qilish vojibdir. Peshin va asr namozlarida qiroat ovoz chiqarmay qilinishi vojib.
Ushbu holat juda ko‘plab rivoyatlarda kelgan. وَقِيلَ لِخَبَّابٍ: بِأَيِّ شَيْءٍ كُنْتُمْ تَعْرِفُونَ قِرَاءَةَ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الظُّهْرِ وَالْعَصْرِ؟ قَالَ: بِاضْطِرَابِ لِحْيَتِهِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ «Xabbobga:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning peshin va asrdagi qiroatlarini nimadan bilar edingiz?» deyildi. U:
«Soqollarining qimirlashidan», dedi».
Buxoriy va Abu Dovud rivoyat qilishgan.
Peshin va asr namozida qiroat maxfiy qilingani bu rivoyatda ochiq-oydin aytib turilibdi. Sahobalar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qiroat qilayotganlarini faqat u zotning soqollari qimirlashidan bilib olar ekanlar.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: أَنَّ أُمَّ الْفَضْلِ سَمِعَتْهُ وَهُوَ يَقْرَأُ وَالْمُرْسَلَاتِ عُرْفًا فَقَالَتْ: يَا بُنَيَّ، وَاللهِ لَقَدْ ذَكَّرْتَنِي بِقِرَاءَتِكَ هَذِهِ السُّورَةَ، إِنَّهَا لَآخِرُ مَا سَمِعْتُ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقْرَأُ بِهَا فِي الْمَغْرِبِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Ummu Fazl u kishining «Val mursalaati urfan»ni qiroat qilayotganini eshitib:
«Ey o‘g‘lim, Allohga qasamki, ushbu surani qiroat qilishing ila, batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan oxirgi eshitgan narsamni eslatding. Uni shom namozida o‘qigan edilar», dedi».
Ushbu rivoyatga qaraganda, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam shom namozida «Val mursalaati urfan» surasini birinchi va ikkinchi rak’atlarga bo‘lib qiroat qilganlar. عَنْ جُبَيْرِ ابْنِ مُطْعِمٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقْرَأُ بِالطُّورِ فِي الْمَغْرِبِ. رَوَاهُمَا الْخَمْسَةُ Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shomda «Vat-Turi»ni qiroat qilganlarini eshitdim».
Ikki hadisni beshovlari rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 17:05 | Savol-javoblar | 193 | Namoz