Ishimda baraka yuk

Assalomu alaykum! Ustoz ënimdagi dukonlarda rossayam odam kup, savdosi yaxshi buladi. Menda savdo kam. Bumasam xammamiz bitta joydan olamiz, ulardan kura muomilam yaxshi va arzon beraman. Xar kuni 2000ta istigfor aytaman, zikr kilaman, ishdaxam namozimdi ukiyman, salovat ukiyman kushimcha kup kup narsalardi aytaman shundamax kam savdo kilaman. Xar namozimda Robbimda ëlvorib surayman yaxshi savdo kilay deb. Ular men aytgan narsalarimdi bilishmaydixam. Alloxda goxida xafa bulaman meni eshitmayapti shuncha zorilab suraganimdi, ular suramasayam kusha kusha beradi deb yiglayman xafa bulib. Lekin xasad kimayman xech kachon. Menga xam shular katorida ber deb duo kilaman. Ulardi mulloga ukitishadi deyishdi. Lekin men xoxlamayman Alloxdan kurkaman. Yana kushimcha kanaka duolar ukisam buladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eshitmayapti deyishingiz og‘ir gunoh. Siz vazifalarni qilishda bardavom bo‘ling va sizga atalgan rizqingizga rozi bo‘ling. Allohdan baraka berishini so‘rang. Hali yig‘ishtirolmay qolasiz. Kasal Robbisining taqdiriga rozi bo‘lmagunicha tuzalishni boshlamaydi. Xuddi shuningdek bandaga Alloh qancha ozmi ko‘pmi rizq bersa taqdiriga rozi bo‘lmagunicha unga ziyoda qilinmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 176 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar