Tuxumni eb bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Xo‘roz qo‘shilmagan tovuq tuqqan tuxumni eb bo‘lmaydimi, harom bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kim o‘sha gapni aytsa bekor aytibdi. Bu quyidagi oyatga tushib qolishi mumkin. Alloh taolo "Nahl" surasida marhamat qiladi:   وَلاَ تَقُولُواْ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَذَا حَلاَلٌ وَهَذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُواْ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ۝ 116. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg‘onni gapirib, «Bu halol, bu harom», – deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘quvchilar zafar topmaslar.
Inson bandadir. U ne’matni Roziq Allohdan oladi. Shuning uchun insonning halol yoki harom haqida hukm chiqarishga haqqi yo‘qdir. Kimki o‘zi haqsiz bo‘lgan narsaga aralashib:
«Bu halol, bu harom», – desa, Alloh taologa nisbatan yolg‘on to‘qigan bo‘ladi. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiganlarga esa: مَتَاعٌ قَلِيلٌ وَلَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ۝ 117. Ozgina matohdir va ularga alamli azob bor.
“Moida” surasida:  يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ لاَ تُحَرِّمُواْ طَيِّبَاتِ مَا أَحَلَّ اللّهُ لَكُمْ وَلاَ تَعْتَدُواْ إِنَّ اللّهَ لاَ يُحِبُّ الْمُعْتَدِينَ۝ 87. Ey iymon keltirganlar! Alloh sizga halol qilgan pok narsalarni harom qilmang. Haddingizdan oshmang. Albatta, Alloh haddidan oshuvchilarni sevmas.  وَكُلُواْ مِمَّا رَزَقَكُمُ اللّهُ حَلاَلاً طَيِّبًا وَاتَّقُواْ اللّهَ الَّذِيَ أَنتُم بِهِ مُؤْمِنُونَ۝ 88. Va Alloh sizga rizq qilib bergan narsalardan halol-poklarini englar. O‘zingiz iymon keltirgan Allohga taqvo qiling. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:14 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar