Bepushtlik sababidan uylanmaslik

Assalomu alaykum! Inson bepushtlik sababli dunyodan yolg‘iz o‘tsa bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday qilmaslik kerak. Qancha-qancha farzandli beva ayollar bor. O‘shalarni nikohiga olib farzandlarini tarbiyalashga harakat qilish kerak. Balog‘atga etmagan etimlari bo‘lsa quyidagi hadisdan bahramand bo‘lib qolishi mumkin. عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: أَنَا وَكَافِلُ الْيَتِيمِ فِي الْجَنَّةِ هَكَذَا، وَقَالَ بِإِصْبَعَيْهِ السَّبَّابَةِ وَالْوُسْطَى. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ  Saxl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Men va etimning kafili jannatda mana bundoqmiz», deb ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini 
(juftlab) ko‘rsatdilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisi sharifda etimni o‘z kafolatiga olgan kishiga jannatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga bo‘lish va’da qilinmoqda. Bu esa etimga kafillik qilish ulug‘ ish ekaniga dalildir.
Albatta, jannatda Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga xuddi ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar singari yaqin turish har bir banda uchun cheksiz baxt. Bunday baxtga sazovor bo‘lish uchun etimni o‘z kafolatiga olish lozim bo‘ladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:13 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar