Nasiya savdomi?

Assalomu alaykum! 1-ikki do‘st xar xil tovar sotadi, sotuvda ikkisi xam teng xarakat qiladi, lekin mablag‘ faqat bittasiga tegishli. Shunda pul egasi xar bir tovardan 100ming foydasi seniki qolganiga men roziman qolgani meniki desa, shariatga to‘g‘ri keladimi? 2-bir savdogar bir tovarni naqdga 200ming, 4oyga variantga (nasiyaga) 350ming deb sotsa va oldindan ma’lum summa olsa shu ishi shariatga to‘g‘ri keladimi? 3-bir odamni biz sotayotgan tovardan boshqa tovarga extiyoji bor, biz shu tovarni o‘zimiz sotib olib o‘sha extijmand odamga nasiyaga 4oyga variantga foyda qo‘yib sotishimiz shariatga to‘g‘ri keladimi? 4-nasiyaga tovar sotishda foydani qanday qo‘ysak shariat qoidalarini buzmagan bo‘lamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ikki sherikning biri pul tikmagan holatda pul tikkan sherigiga sotuvchi bo‘lib ishlaydi. Buning uchun 100mingni belgilab olish joiz.
2). To‘g‘ri keladi. Faqat bir sharti bor, savdo qilinayotgan vaqtda ikki narxdan bittasini aniq qilib olish kerak. “Pulini olib kelsam 200 kechikib ketsam 350” deb shartnoma qilmaslik kerak.
3). To‘g‘ri keladi. Buni murobaha deyiladi.
4). Bu erda insof asosiy rol o‘ynaydi. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar