O‘zimga olib qolsam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Men uy oldi-sotdisi bilan shug‘illanaman va ko‘pincha olgan uylarimni ta’mirlab yo bo‘lmasam boshqatdan yangi imorat qurib sotish bilan tirikchiligimni o‘tkizaman. Qurulish ishlari va ta’mirlash ishlarini yaxshi tushunganim uchun yaqin yoru birodarlarim va qarindoshlarim uy kurib ber, uyimni ta’mirlab ber yo usta topib ber, yo bo‘lmasam u maxsulot yo bu maxsulotni olib ber deb murojat qilishadi. Albatta men ularga yo‘q demay qo‘limdan kelgancha yordam berishga xarakat qilaman, yaqin birodarim va qarindoshim bo‘lgani sababli men ulardan pul so‘rolmay bepul xizmat qilaman (usta topib beraman, uyni dizzaynini yo planini chizib beraman, va boshidan oxirigacha maxsulotini olib kelib berib turaman). Savolim shundan iboratki masalan falon maxsulot bozorda aytaylik 100$ tursa men boshqa joydan arzonroq 80$ ga o‘sha maxsulotni topsam va olsam 20$ o‘zimga olib qolsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bo‘lmaydi. Necha pulga olganingizni ochiq-oydin aytishingiz kerak. Agar ularga qilib berayotgan ishlaringiz uchun haq olish niyatingiz bo‘lsa, ishni boshidan ochiq aytib, biror narxga kelishib ishni boshlang. Siz yashirincha olayotganingiz halol ham bo‘lmaydi barakasi ham bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 10:37 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom