Ayolimdan onam qizg‘onmoqda

Assalom alaykum ustozlar! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ustoz dindan bir savolim bor edi. Mening ismim Ulug‘bek Qo‘qonlikman, Toshkentda loyiha institutida ishlayman, yoshim 23 da, 27-iyun kuni uylandim. 25-avgust kuni ayolimni Toshkentga olib keldim ayolim va chiqimlardan tashqari 3 mln so‘m atrofida uyga pul jo‘natib turibman, har kuni ota-onam bilan gaplashaman, ularni yaxshi ko‘raman, lekin onam har-har zamon kelinni bekor olib ketganimni va kelin qaynonasiga va qaynotasiga uyda xizmat qilmaydimi deb norozi bo‘lib turishadi. Ayolimdan onam qizg‘onmoqda, havotir olishmoqda! Ayolim homilador. Men bo‘lsa Qo‘qonga 2-3 haftada bir bora olaman, lekin ayolim siqilib qolishini aytmoqda. Shu vaziyatda nima qilsam bo‘ladi shar’iy hukmni ayting iltimos. Ikki o‘t orasida qoldim. Ayolim maktabga ishga kirgan Toshkentda, kvartirada turibmiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayolingiz siz qaerda bo‘lsangiz o‘sha erda yashasin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:16 | Savol-javoblar | 134 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar